Farg‘onada 2,6 milliard so‘mlik gaz o‘g‘irlagan ishlab chiqarish sexi topildi.
Farg‘onada 2,6 milliard so‘mlik gaz o‘g‘irlagan ishlab chiqarish sexi topildi.
Tekshiruv jarayonlarida aniqlandiki, uskunalar umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga ruxsatsiz ulangan.
Viloyatdagi ushbu korxona tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida davlatga yirik miqdorda zarar yetkazga. Korxona ohak ishlab chiqarishga mo’ljallangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmati xabar berdi.
Mutaxassislar N.I va boshqalar ijaraga olingan binoda ustaxona tashkil etganini aniqladi. Uskunalar umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga ruxsatsiz ulangan.
1 million kub metr gazdan noqonuniy foydalanish natijasida 2,6 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan, deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
gaz, 1 million, kub, Farg'ona




