09:19 / 22.11.2024
180 228

Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashdi

 

Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashdi.


Prezident Rossiya bosh prokurori Igor Krasnov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Tomonlar ikki mamlakat bosh prokuraturalarining terrorizm, ekstremizm, noqonuniy migratsiya, sun’iy intellekt sohalaridagi hamkorligi masalalarini muhokama qildi.



Shavkat Mirziyoyev 21 noyabr kuni amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi bosh prokurori Igor Krasnovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar ikki tomonlama keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdi.



Bundan tashqari, terrorizm, ekstremizm, kiberjinoyatlar, korrupsiya va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish sohalarida, jinoiy aktivlarni qaytarish, sun’iy intellektni joriy etish va raqamlashtirish borasida bosh prokuraturalar o‘rtasidagi hamkorlikning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Prezident mamlakatlar prokuratura idoralari o‘rtasida yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro aloqa va almashinuvlarni kengaytirish, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish zarurligini ta’kidladi.


Rossiya, uchrashuv, O'zbekiston, 2024, 2024 yil
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing