11:41 / 04.02.2025
56 197

Jizzaxdagi tugʻuruqxonadan yangi tugʻilgan chaqaloq oʻgʻirlab ketildi

 

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy markazi Jizzax filialidan yangi tugʻilgan chaqaloq oʻgʻirlab ketildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Zafarobod tumani Yorqin shaharchasida yashovchi ayol IIOga 2025-yilning 28-yanvar kuni dunyoga kelgan oʻgʻil farzandi nomaʼlum ayol tomonidan oʻgʻirlab ketilgani yuzasidan murojaat qilib, uni topishda amaliy yordam soʻragan.

Maʼlum boʻlishicha, shu yilning 31-yanvar kuni taxminan kechki soat 19:30 larda 25-30 yoshlardagi yuziga tibbiy niqob taqqan notanish ayol jabrlanuvchining xonasiga kirib, “bolangizni shifokor koʻrigiga olib boraman” deb, chaqaloqni olib ketib qaytib kelmagan.

“Unga nisbatan tegishli qonuniy chora koʻrilishi taʼminlanadi”, deyiladi IIB xabarida.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing