Toshkent viloyatida qaynona kelini va nevarasiga issiq suv boʻlgan "termos" uloqtirdi UzNur.uz
Toshkent viloyatida qaynona kelini va nevarasiga issiq suv boʻlgan "termos" uloqtirdi
Oqibatda kelinning qoʻlida boʻlgan 23 kunlik chaqaloqning oyoq va qoʻl qismi kuygan.
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda oilaviy janjal sabab chaqaloqqa qaynoq suv toʻkilgani aks etgan videolar tarqalib, keng muhokamalarga sabab boʻlgan edi.
Ushbu holat yuzasidan Bolalar ombudsmani oʻrganish ishlarini olib borib, rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum boʻlishicha, mazkur holat joriy yilning 27 yanvar kuni Toshkent viloyati Toshkent tumanida sodir boʻlgan.
Fuqaro X.M. (1999 yilda tugʻilgan ayol) qaynonasi M.X. (1966 yilda tugʻilgan) bilan oilaviy oʻzaro janjal yuzaga kelgan va ayol keliniga qarata ichida issiq suv boʻlgan termosni otgan. Oqibatda onaning qoʻlida boʻlgan chaqaloq (23 kunlik) ning oyoq va qoʻl qismi kuygan. Bolaga zaruriy tibbiy muolajalar koʻrsatilishi taʼminlangan.
Hozirda tuman IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
"Nizo davom etishini oldini olish maqsadida X.M ga bir oy muddatga himoya orderi taqdim etilib, qoʻyilgan cheklovlar oila aʼzolariga tushuntirildi",- deyiladi xabarda.
Toshkent, Termos




