09:56 / 17.11.2024
188 228

Bolalar ombudsmani Samarqandda jinsiy zo'ravonlik qurboni bo'lgan qiz bilan uchrashdi

 

Bolalar ombudsmani Samarqandda jinsiy zo'ravonlik qurboni bo'lgan qiz bilan uchrashdi.

Oliy Majlisning Bolalar huquqlari bo‘yicha vakili Surayyo Rahmonova Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida guruhli jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan o‘quvchi qiz bilan uchrashdi.

Jinoyatda 9 kishi, jumladan, prokuratura xodimi gumonlanmoqda. Ulardan sakkiz nafari qo‘lga olingan, yana biri qidiruvga berilgan. Jinoiy ish 31 oktyabr kuni ochilgan. Holat yuzasidan viloyat IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bolalar ombudsmani dastlabki tergov bosqichida jabrlangan qizning protsessual huquqlari qanday ta’minlanganligini o‘rgandi. Tergovda bolaning qonuniy vakili, o‘qituvchisi va advokatining ishtirokiga alohida e’tibor qaratiladi.

«Qizning onasi bilan suhbat davomida ayol OAV vakillari va jamoatchilikdan ushbu jinoyat tafsilotlarini e’lon qilmaslikni so‘rab, har bir shunday xabar qiziga va oilasiga katta ruhiy zarba bo‘layotganini bayon etdi», — deyiladi xabarda.

Bolalar ombudsmani mazkur ish jinsiy jinoyatga oid ekanligi hamda voyaga yetmaganning shaxsiy hayoti, sha’ni va qadr-qimmatiga daxldorligi munosabati bilan jinoyat ishi tafsilotlarini oshkor etilishi, shu jumladan, OAVda keng yoritilishi bola manfaatlariga zid ekanligini eslatib o‘tdi.


Bolalar, qurbon, jinoyat, Samarqand, Surayyo Rahmonova
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing