18:52 / 13.01.2025
92 805

2025-yilda Toshkentga 1000 ta yangi avtobus olib kelinishi rejalashtirilgan — Transport vaziri

 

2025-yilda Toshkentga 1000 ta yangi avtobus olib kelinishi rejalashtirilgan — Transport vaziri.

Fevralgacha poytaxt jamoat transportini rivojlantirish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilib, yangi dastur qabul qilinadi.

Transport vaziri Ilhom Mahkamov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida prezident 2025-yilda Toshkentga qo‘shimcha 1000 ta yangi avtobus olib kelish bo‘yicha topshiriq berganini qayd etdi.
Bundan tashqari, vazir bekatlarda QR-kodli bir martalik chiptalarni sotib olish uchun 675 ta infokiosk o‘rnatish belgilanganini ma’lum qildi. Avtobuslarda yo‘l haqini transport (ATTO) va bank kartalari, shuningdek, banklar yoki to‘lov xizmatlarining mobil ilovalari orqali to‘lash mumkinligini eslatib o‘tdi Mahkamov.


yangi, 2025yilda, Toshkentga, avtobus, Transport, vaziri, bo‘yicha, Mahkamov, kelinishi, rejalashtirilgan, Fevralgacha, poytaxt, jamoat, transportini, rivojlantirish, qonun, loyihasi, ishlab, chiqilib
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing