Metroda yo'l haqini kaft orqali yo'lash imkoniyati paydo bo'ldi
Metroda yo'l haqini kaft orqali yo'lash imkoniyati paydo bo'ldi.
Yaqin vaqt ichida barcha metro stansiyalarida "Uzinfocom"ning "MyID Palm" tizimi ishga tushishi rejalashtirildi.
Toshkent metrosining 12 ta bekatida “MyID Palm” kaft rasmi bo‘yicha to‘lov tizimi ishga tushirildi. Bu haqda “Uzinfocom” yagona integratori ma’lum qildi.
Yo‘lovchini biometrik identifikatsiya qilish uchun kaftdagi tomirlar hosil qilgan rasmni skanerlash texnologiyasi qo‘llaniladi. Tizim mahalliy ishlab chiquvchilar tomonidan Transport vazirligi, “ATTO” transporti to‘lov xizmati va “Octobank” bilan hamkorlikda yaratilgan.
Ishlab chiquvchilar foydalanuvchi ma’lumotlarini ishonchli himoya qilishni va’da qilishmoqda. Texnologiya ruxsatsiz kirish va biometrik profillarni soxtalashtirishga yo‘l qo‘ymaydi, deya ta’kidlanadi xabarda.
“MyID Palm” skanerlari Chilonzor liniyasining “Olmazor"dan “Buyuk ipak yo‘li"gacha bo‘lgan 12ta yer osti stansiyasida sinov rejimida ishlamoqda. Yaqin vaqt ichida tizim qamrovi barcha stansiyalarga kengaytirilishi rejalashtirilgan.
Tizimdan “ATTO” transport kartasi va o‘rnatilgan servis ilovasi bo‘lgan smartfon mavjudligida foydalanish mumkin. Buning uchun biometrik profil yaratish va ular mavjud bo‘lgan metro bekatlaridan birida infokioskda kaftlarni skanerlash talab etiladi.
Bundan tashqari, “Octobank” mobil ilovasida “MyID Palm” funksiyasini ishga tushirish rejalashtirilgan. Uning foydalanuvchilari yo‘l haqini to‘lash uchun istalgan bank kartasini ulashi mumkin.
Kaft orqali to‘lov tizimini dastlabki sinovdan o‘tkazish 2023-yilning noyabr oyi oxirida “Xalqlar do‘stligi” metro bekatida o‘rnatilib boshlangandi.
metro, ishga, “MyID, Palm”, to‘lov, biometrik, uchun, bo‘lgan, haqini, orqali, Yaqin, ichida, barcha, tizimi, bekatida, skanerlash, chiquvchilar, “ATTO”, “Octobank”




