18:40 / 07.01.2025
102 939

Endi fuqarolar bitta JShShIR ga 20tadan ortiq karta olishi cheklanadi

 

Endi fuqarolar bitta JShShIR ga 20tadan ortiq karta olishi cheklanadi.

Mazkur tartib 2025-yilning 1-yanvaridan 31-dekabrigacha amal qiladi.
Markaziy bank tomonidan bitta jismoniy shaxsga beriladigan bank kartalari sonini cheklash bo‘yicha vaqtinchalik tartib ishlab chiqildi. 
Ma’lum qilinishicha, mazkur tartib 2025-yilning 1-yanvaridan kuchga kirgan bo‘lib, u joriy yilning 31-dekabrigacha amal qiladi.
Endilikda banklar tomonidan bitta fuqaroga (bitta JShShIRga) emissiya qilinadigan kartalar soni bitta bankda 5tagacha, barcha banklarda esa 20tagacha cheklanadi.
Bunda mazkur talab virtual va kobeydjing kartalarni ham o‘z ichiga oladi, biroq chet el valyutasida ochilgan kartalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

2024-yilning noyabr oyi oxirida Markaziy bank bitta foydalanuvchiga rasmiylashtiriladigan bank kartalari sonini cheklashni rejalashtirayotgani haqida ma'lum qilgandi.
Undan keyin regulyator bu yechim bank kartalari bilan bog‘liq shubhali (frod) operatsiyalarning oldini olish, firibgarlik sxemalarida aholiga tegishli hisobvaraqlar va bank kartalari ishtirokini kamaytirishga qaratilganini bildirdi.
Me’yorlar aholiga bank kartalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishda noqulayliklar keltirib chiqarmaydi va bu talablar banklarning kartalarni emissiya qilish faoliyatini tartibga solishga qaratilgan.
Bank kartalariga ega jismoniy shaxslarning qariyb 97%ida (22 mln nafar) 5tagacha, 3%ida (770 ming) 5−20gacha hamda 0,03%ida (7 ming) 20tadan ortiq kartalar rasmiylashtirilgan.
Fuqarolar nomiga ko‘p miqdorda ochilgan bank kartalarini tahlil qilish jarayonida, mazkur bank kartalarining bir qismidan firibgarlik maqsadlarida foydalanilayotganligi aniqlangan. Aksariyat holatlarda karta egasining bundan xabari bo‘lmaydi.


bitta, kartalari, tartib, mazkur, 20tadan, ortiq, karta, cheklanadi, 2025yilning, 1yanvaridan, 31dekabrigacha, qiladi, Markaziy, tomonidan, jismoniy, sonini, emissiya, kartalar, 5tagacha
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing