Toshkentda erkak ayolini bolgʻa bilan urib oʻldirdi
Toshkentda erkak ayolini bolgʻa bilan urib oʻldirdi.
Sudda mazkur hodisa koʻrib chiqildi va erkakka jazo tayinlandi.
Toshkentda erkak oʻz ayolining boshiga bolgʻa bilan urib, oʻldirdi. Sudda qotil erga jazo tayinlandi. Bu haqda "Millar" informatsion dasturida maʼlum qilindi.
Aniqlik kiritilishicha, sudlanuvchi 1993 yilda, turmush oʻrtogʻi esa 1987 yilda tugʻilgan. Voqea poytaxtning Yunusobod tumanida yuz bergan. Maʼlum boʻlishicha, ayol eriga "farzandlarimni moddiy tomondan taʼminlay olmayapsiz" degan vaj bilan tortishib qoladi. Bu kelishmovchiliklar esa kun sayin ortib boradi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudida oʻtkazilgan sud jarayonida prokurorning aytishicha, sudlanuvchi ayolining bosh qismiga bor kuchi bilan zarba bergan, oqibatda esa marhuma olgan jarohatlar sabab vafot etadi.
"7 nafar farzand bor, yaxshi yashab kelganmiz. Ayolim jahli chiqqanligi uchun menga nisbatan haqorat gaplar gapirganimda onamdan haqorat soʻzni eshitganimdan keyin oʻzimni stress holiga tushib, oʻzimni tuta olmasdan qoʻlimdagi bolgʻa bilan boshining boshqa qismiga urib yuborganman. Bir marta urganimi bilaman. Shu holatda oʻzimni yoʻqotib qoʻyganman", - dedi sudlanuvchi.
Boʻlib oʻtgan sud majlisida erkak qilgan ishidan pushaymonligini aytdi.
Sud hukm bilan sudlanuvchi erkak Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismiga asosan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
bilan, erkak, sudlanuvchi, bolgʻa, oʻzimni, Toshkentda, oʻldirdi, Sudda, tayinlandi, ayolining, yilda, bergan, Jinoyat, qismiga, haqorat, ayolini, mazkur, hodisa, koʻrib




