13:25 / 14.12.2024
143 612

Toshkentda 22 yoshli yigit otasini pichoqlab oʻldirdi

 

Toshkentda 22 yoshli yigit otasini pichoqlab oʻldirdi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi


Uchtepa tumani, Chilonzor 11-mavzesida yashagan 22 yoshli yigit 13-dekabr kuni otasini pichoqlab oʻldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 1974-yilda tugʻilgan erkak mast holatda uyiga kelib, 2002-yilda tugʻilgan oʻgʻli bilan tortishib, hech sababsiz urib-doʻpposlagan.
Shu vaqtda oʻgʻli ruhiy hayajon holatida oshxona pichogʻi bilan otasining qorin qismiga bir marotaba tan-jarohati yetkazgan.
Otasi olgan tan-jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.


Toshkentda, 22, yoshli, yigit, otasini, pichoqlab, oʻldirdi, UZNUR
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing