18:53 / 20.11.2024
182 884

Hojatxonalar qurilishi kerak bo’lgan metrolar ma’lum bo’ldi

 

Hojatxonalar qurilishi kerak bo’lgan metrolar ma’lum bo’ldi.

8-noyabr kuni Toshkent metropolitenining 9 ta bekatida hojatxonalar tashkil etiladi, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati. 
Bu borada poytaxtdagi eng gavjum bekatlar tanlanib, ularning nomlari ma’lum bo’ldi:
▪️ “Buyuk ipak yoʻli” bekati;
▪️ “Amir Temur xiyoboni” bekati;
▪️ “Mustaqillik maydoni” bekati;
▪️ “Paxtakor” bekati;
▪️ “Olmazor” bekati;
▪️ “Beruniy” bekati;
▪️ “Chorsu” bekati;
▪️ “Doʻstlik” bekati;
▪️ “Bodomzor” bekati.
 
Hozirda shulardan 4 tasida (“Buyuk ipak yoʻli”, “Amir Temur xiyoboni”, “Paxtakor” va “Beruniy”) qurilishning 1-bosqichi boshlangan. Qurilishi rejalangan hojatxonalarning loyiha hujjatlari yakuniy bosqichda turibdi.
 
Maʼlumot uchun, yuqorida sanab oʻtilgan metro manzillarida qurilish ishlari toʻliq yakunlansa, ona va bola xonasi hamda hojatxonasi bor boʻlgan bekatlar soni 10 taga yetadi (Chilonzor bekatida oldindan mavjud edi).


metro, xojatxona, Amir Temur, 8 noyabr, 2024, 2024 yil
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing