15:10 / 28.12.2024
120 287

Abduqodir Husanovga yana bir qancha klublar qiziqish bildirmoqda

 

Abduqodir Husanovga yana bir qancha klublar qiziqish bildirmoqda


Avvalroq yana bir mavsum "Lans" safida qolishi mumkinligi ma'lum qilingan o'zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovga endilikda Italiya va Germaniya klublari ham qiziqish bildirishmoqda. 
Bu haqida "TBR Football" xabar berdi. 
Ma'lumotlarga qaraganda, hozirgi kunda ushbu 20 yoshli Husanovga "Tottenxem", "Nyukasl", "Bayer", "Leypsig", "Napoli", "Atalanta" va "Marsel" jamoalaridan qiziqish yuqori.
Dunyo ommaviy axborot vositalarida yosh himoyachiga Ispaniyaning "Atletiko", Angliyaning "Manchester Siti" va Turkiyaning "Fenerbaxche" jamoalaridan ham qiziqish borligi aytilmoqda.

Ma'lumot uchun, joriy mavsumda Husanov "Lans" tarkibida 16 ta o'yinda ishtirok etdi va 1 ta assist qayd etdi.


qiziqish, Husanovga, Abduqodir, "Lans", jamoalaridan, qancha, klublar, bildirmoqda, Avvalroq, mavsum, safida, qolishi, mumkinligi, ma'lum, qilingan, o'zbekistonlik, futbolchi, endilikda, Italiya
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing