Ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirishtiruvchilar ham jinoiy javobgarlikka tortiladi
Ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirishtiruvchilar ham jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida tayyorgarlikdan o‘tganlik uchun ham jazo belgilangan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi “Ommaviy tartibsizliklar” jinoyat moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni birinchi o‘qishda ma’qulladi. Bu haqda parlament quyi palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun tartibsizliklar yurt tinchligiga putur yetkazuvchi, jamiyat osoyishtaligiga tahdid soluvchi omilga aylanib bormoqda. Shu bois ommaviy tartibsizliklarni uyushtirish uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslar jalb etilib, bunday tadbirlar moliyalashtirilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, amaldagi qonunchilikda ommaviy tartibsizliklar uyushtirganlik, ularda faol ishtirok etganlik va fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Biroq, ommaviy tartibsizliklar sodir etish yoki ommaviy tartibsizliklarni uyushtirish faoliyatini moliyalashtirish maqsadida tayyorgarlikdan o'tish uchun bevosita javobgarlikni nazarda tutmaydi.
Qonun loyihasida ommaviy tartibsizliklar sodir etish va ularni tashkil etishni moliyalashtirish maqsadida tayyorgarlikdan o‘tganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi ko‘zda tutilgan.
Ommaviy, tartibsizliklarni, moliyalashtirishtiruvchilar, jinoiy, 2024




