20:04 / 27.12.2024
121 624

“UzAuto Motors AJ” va “UzAuto Motors Powertrain” bosh direktori Bo Andersson o’z faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

 

“UzAuto Motors AJ” va “UzAuto Motors Powertrain” bosh direktori Bo Andersson o’z faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

So’nggi 3 yil davomifa ushbu ushbu ikki kompaniyaning bosh direktori sifatida aytish mumkinki, faoliyati davomida bir nechta muvafaqiyatlarga erishgan bo’lsa-da,  kamchiliklari salmog’i anchaginani tashkil qiladi.
 
Yutug’laridan uning  davrida Chevrolet Tracker va Chevrolet Onix kabi yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi, bu esa kompaniyaning mahsulot assortimentini kengaytirdi.
UzAuto Motorsda ishchilar soni 13 mingdan ortiq bo'lib, bu kompaniyaning iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi

Eng katta kamchiligi shundaki,  2022-yildan boshlab, Rossiya va Belarus bozorlariga eksport to'xtatildi, bu esa kompaniyaning daromadlariga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Logistik cheklovlar tufayli Ukrainaga eksport ham vaqtincha to'xtatilgan.

Bundan tashqari Bo Andersson davrida, UzAutoMotors faqat Chevrolet brendi ostida avtomobillar ishlab chiqardi, bu esa mahsulot diversifikatsiyasini chekladi.
Garchi kompaniya o'rtacha sof daromadni 6% ga oshirishga erishgan bo'lsa-da, bu raqamlar global avtomobil sanoatidagi raqobatga nisbatan yetarli emas edi.
2023-yil fevralida IPO o'tkazilgan bo'lsa-da, bu jarayonning muvaffaqiyati va investorlar ishtiroki haqida aniq ma'lumotlar yo'q.


kompaniyaning, Chevrolet, “UzAuto, Motors, direktori, Andersson, ushbu, erishgan, davrida, avtomobil, ishlab, mahsulot, ta'sir, ko'rsatdi, eksport, bo'lsada, Powertrain”, faoliyatini, yakunlaganini
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing