"Yangi Oʻzbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri"
"Yangi Oʻzbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri"
Ertamiz egalari boʻlgan yoshlarni kelajakda oʻz oʻrinlarini topishida barcha soha vakillari birdek masʼul boʻlayotganligi barchamizga maʼlum. Ayniqsa, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiya topishlarida harbiy xizmatchilarning oʻrni beqiyos boʻlayotir. Harbiy qism va muassasalarda "14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan "Yangi Oʻzbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri" shiori ostida oʻtkazilayotgan festival va tadbirlarda ham buni yaqqol koʻrishimiz mumkin.
Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti hamda harbiy qism xuddi ana shunday festivalga mezbonlik qildi. Unda tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Yoshlar ittifoqi tuman kengashi, faxriylar, mahalla faollari, Vatan tayanchi bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati aʼzolari va bir guruh yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir "Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam" marafon yurishi bilan boshlanib, turli koʻrgazmali chiqishlar, robototexnikalar, harbiy qurol-aslaha va texnikalar namoyishiga ulandi.
Shundan so‘ng harbiy aloqa instituti va harbiy qismga biriktirilgan yoshlar, harbiylar va faxriylar o‘rtasida sogʻlom raqobatni shakillantirish, doʻstlikni mustahkamlash va koʻtaringki kayfiyat ulashish maqsadida turli sport musobaqalari o‘tkazildi.
Festival yakunida faol ishtirokchilar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.
harbiy, tayanchi, bilan, "Yangi, Oʻzbekiston, armiyasimamlakat, xalqimiz, faxri", Vatan, aloqa, instituti, hamda, tuman, Yoshlar, faxriylar, yoshlar, turli, Ertamiz, egalari




