Markaziy harbiy okrug bo‘ylab bayram shukuhi kezmoqda
Markaziy harbiy okrug bo‘ylab bayram shukuhi kezmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi barcha garnizonlarda keng qamrovli madaniy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Xususan, Jizzax ganizonida “Harbiy orkestrlar sadosi” va “Uch avlod uchrashuvi”, Samarqand garnizonidagi harbiy qismlarda “Harbiy qismda bir kun” va “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” kabi tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma`lum qildi.
Kattaqo‘rg‘on va Navoiy garnizonlaridagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan “Yangi O‘zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi xalqimiz faxri” shiori ostida “Armiya-jasorat, matonat va bilim maskani”, “Vatanga xizmat - oliy fazilat”, “Mening qahramonim”, “Armiya va xalq yakdildir” mavzularida uchrashuvlar hamda vatanparvarlik fesvitallari o‘tkazildi.
Mazkur targ‘ibot tadbirlari davomida yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda ma’nan yetuk, jismonan sog‘lom, Vatanga sodiq farzandlarni kamolga yetkazish yuzasidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar haqida va milliy armiyamiz kuch-qudrati, unda yaratilayotgan keng imkoniyatlar, Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilish va oliy harbiy ta’lim muassasalarida tahsil olish to‘g‘risida ma’lumotlar berilmoqda. Qolaversa, oliy harbiy bilim yurtlari haqida ma’lumotlarni o‘zida jamlagan qo‘llanmalar tarqatilmoqda.
Yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrab-avaylash va ularda mafkuraviy immunitetni oshirishga qaratilgan vatanparvarlik festivallarida zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahlar namoyishi, harbiy orkestr ijrosidagi musiqalar va tinchlikni ulug‘lovchi qo‘shiqlar ertamiz egalariga chin ma’noda ko‘tarinki kayfiyat ulashish bilan birga harbiylik kasbiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib kelmoqda.
harbiy, Markaziy, okrug, vatanparvarlik, O‘zbekiston, Qurolli, hamda, bilan, tadbirlar, “Harbiy, uchrashuvi”, bilim, xizmat, haqida, bo‘ylab, bayram, shukuhi, kezmoqda, Respublikasi