Shavkat Mirziyoyev “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun imzoladi
Shavkat Mirziyoyev “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun imzoladi.
Kecha, 14-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun imzolandi.
Hujjat 5 ta bob va 51 ta moddadan iborat boʻlib, qonun bilan bolaga nisbatan zoʻravonlik tushunchasi va jismoniy, jinsiy va ruhiy zoʻravonlikdan tashqari uning yangi shakllari — gʻamxoʻrlik koʻrsatmaslik, ekspluatatsiya, bulling kabilar ham eʼtirof etilgan.
Bundan tashqari, qonunning 7-moddasida bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi subyektlar belgilab koʻrsatilgan.
Bular:
▪️ Vazirlar Mahkamasi;
▪️ Bolalar ombudsmani;
▪️ Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya;
▪️ Ijtimoiy himoya milliy agentligi;
▪️ Prokuratura organlari;
▪️ Ichki ishlar organlari;
▪️ Milliy gvardiya organlari;
▪️ Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi;
▪️ Yoshlar ishlari agentligi;
▪️ Taʼlim sohasidagi davlat boshqaruv organlari va taʼlim muassasalari, nodavlat taʼlim tashkilotlari;
▪️ Davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari;
▪️ Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari;
▪️ Fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari.
himoya, qonun, O'zbekiston, bolalar, prezident




