10:58 / 27.08.2025
140 398
Bayram sayillari o‘tkaziladigan joylar e’lon qilindi
O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan 30–31 avgust kunlari Toshkent shahrining barcha tumanlarida bayram sayillari va ommaviy konsert dasturlari bo‘lib o‘tadi. Toshkent shahri hokimligi tadbirlar o‘tkaziladigan joylar va vaqtini ma’lum qildi.
12:00 da boshlanadigan tadbir:
- Yunusobod tumani — “Uzekspomarkaz” maydoni
18:00 da boshlanadigan tadbirlar:
- Bektemir tumani — “Coca Cola Garden” bog‘i
- Mirobod tumani — “Furqat” bog‘i
- Sergeli tumani — Sergeli markaziy xiyoboni
- Olmazor tumani — River Park maydoni
- Uchtepa tumani — “ECO SEUL” bog‘i
- Chilonzor tumani — Dream Park (G‘afur G‘ulom bog‘i)
- Shayxontohur tumani — “Navro‘z” bog‘i
- Yangihayot tumani — “Yangi Darxon” MFY, 45–46-uylar oldidagi maydon
19:00 da boshlanadigan tadbirlar:
- Mirzo Ulug‘bek tumani — “Mirzo Ulug‘bek” istirohat bog‘i (Central Park)
- Yashnobod tumani — “Ashxobod” istirohat bog‘i
- Yakkasaroy tumani — “Do‘stlik” istirohat bog‘i
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yog‘och uylarda yashovchi aholiga tekinga tayyor yangi xonadon taqdim etiladi
Toshkentda ayrim hududlarda issiq suv vaqtincha uziladi
Toshkentda uy-joylar daromadliligi bir yilda 4 barobardan ko‘proqqa kamaydi
Taroveh namozlari sabab bugundan Toshkentning ayrim ko‘chalari yopiladi
Bayram kunlari qaysi banklar ishlaydi?