Navro‘z bayrami kunlari ayrim banklar tomonidan xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlangan 2025-yilgi ish vaqtining davomiyligi yaqvimiga ko'ra, Navro‘z bayrami munosabati bilan 21-mart, juma kuni barcha uchun dam olish kuni hisoblanadi. 22-mart, shanba 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kun ishlovchilar uchun esa ish kunidir. Shuningdek, 23-mart (yakshanba) odatdagi dam olish kuni.

Ushbu kunlarda quyidagi banklar tomonidan valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi:

Shu bilan birga, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish mumkin.