11:11 / 20.08.2025
2 904
Toshkentda tungi avtobus yo‘nalishlari ma'lum qilindi
Poytaxtda avtobuslar soat 22:00 dan 06:00 gacha aeroport, vokzal va sayyohlik ko‘chalari orqali 15 ta yo‘nalishda qatnaydi. Ular qizil rangda bo‘lib, dastlabki bosqichda harakatlanish oralig‘i 30 daqiqa etib belgilangan.
Umumiy uzunligi 136 km bo‘lgan 8 ta yo‘nalishda 31 ta avtobus yo‘lga chiqarilishi rejalashtirilgan va buning uchun 19,1 mlrd so‘m ajratiladi. Keyingi bosqichda esa uzunligi 98 km bo‘lgan 7 ta yo‘nalishda 23 ta avtobus qatnaydi, loyihaga 14,2 mlrd so‘m mablag‘ talab etiladi.
Yo‘nalishlar “T” harfi bilan belgilanadi — T1, T2, T3. Joriy yil oxirigacha T1 yo‘nalishi Bektemir tumanidagi Husayn Boyqaro ko‘chasidan Qo‘yliq bozori tomon, so‘ngra Xonobodtepa ko‘chasi orqali o‘tadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

Taroveh namozlari sabab bugundan Toshkentning ayrim ko‘chalari yopiladi

Toshkentda ayrim hududlarda issiq suv vaqtincha uziladi

Muhokama va savollarsiz. Deputatlar davlat organlari xarajatlarini deyarli 10 trln so‘mga ko‘paytirishni ma’qulladilar

Toshkent shahridagi ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritildi

O‘zbekistonda yangi oydan nimalar o‘zgaradi?