09:05 / 30.07.2025
5 703

Xonanda Zeboyi Jahon o‘ldirib ketildi

 


 2025-yil 26-iyul kuni Samarqand viloyati Toyloq tumanida “Zeboyi Jahon” taxallusi bilan tanilgan xonanda Zebiniso Nosirova fojiali tarzda o‘ldirib ketildi.


Ma’lumotlarga ko‘ra, qotillikda uning sobiq turmush o‘rtog‘i gumon qilinmoqda. U o‘sha kuni farzandlarini ko‘rgani ayolning uyiga kelgan. Ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan va erkak ayolni qo‘llari bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.


 Marhumaning akasi voqea yuzasidan shunday deydi:


“Singlim bunaqa o‘limga noloyiq edi. O‘sha kuni ishda edim, tez yordamda ishlayman. Soat 4 larda xotinim qo‘ng‘iroq qilib, ‘Singlingizga nimadir bo‘libdi’ dedi. Onamga qo‘ng‘iroq qildim, u ‘Tez kel, uni o‘ldirib ketishibdi’, deb yig‘ladi.”


U, shuningdek, jinoyatchiga nisbatan imkon qadar qat’iy jazo qo‘llanishini so‘radi.


 Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning xabar berishicha, 1992-yilda tug‘ilgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va gumonlanuvchi qo‘lga olingan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing