11:48 / 12.02.2025
126 697

Surxondaryoda to'lanmagan aliment sabab ona farzandini urgan UzNur.uz

Surxondaryoda to'lanmagan aliment sabab ona farzandini urgan
U erining aliment to`lamaganligi uchun bolani o`ldirmoqchi ekanligini aytib, unga video yuborgan

 
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda ayol o`z farzandini urayotgani aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo`lgan edi. 
Holat yuzasidan Bolalar Ombudsmani o`rganish ishlarini olib borib, rasmiy munosabat bildirdi. 
Olib borilgan tekshiruv natijalariga ko`ra, videodagi holat 1 yil avval sodir bo`lganligi aniqlangan.  
Mazkur holat Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi fuqaro T.M.(2001 yilda tug`ilgan ayol) tomonidan 2024 yilning may oyida sodir bo`lgan. U sobiq turmush o`rtog`i A.Q.(1994 yilda tug`ilgan erkak) bilan janjallashib, bola uchun aliment va boshqa moddiy ta’minot bermaganligi vaji bilan bolani otasiga bosim qilib qo`rqitish maqsadida video qo`ng`iroq qilgan. Natijada u farzandi A.R. (2023 yilda tug`ilgan qiz) ni urib tasvirga olgan va uni sobiq turmush o`rtog`iga yuborganligi aniqlangan. 
Tergovga qadar tekshiruvda bolani sog`lig`iga zarar etmaganligi aniqlangan.  
Ayol MJtKning tegishli moddalari bilan huquqbuzarlik sodir qilgan deb topilib, JIB Sariosiyo tuman sudi tomonidan uning javobgarligi masalasi hal etilgan. 
Hozirda T.M. sobiq turmush o`rtog`i va uning oila a’zolari bilan o`zaro nizo vaziyatida bo`lib, bu borada tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


aliment, urgan, bola
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing