10:41 / 01.02.2025
61 312

Qashqadaryoda erkak oilaviy janjalni to`xtatmoqchi bo`lgan profilaktika inspektorini pichoqladi UzNur.uz

Qashqadaryoda erkak oilaviy janjalni to`xtatmoqchi bo`lgan profilaktika inspektorini pichoqladi

 

Xodim qo`liga pichoq olib, ayoli va farzandini o`ldirmoqchi bo`lgan erkakni bu ishidan qaytarmoqchi bo`lgan. Ammo, erkak xodimni pichoqlagan.


Ma’lum qilinishicha, Qamashi tumanidagi hodisa er va xotir o`rtasidagi janjaldan boshlangan. Ayol er bilan yashamasligini bildirib, o`z uyiga ketmoqchi bo`lgan. Ammo, er bunga qarshilik qilib, janjal chiqargan va o`z farzandini qo`liga olib, agar ayoli ketib qolsa, o`zini va farzandini o`ldirishini aytgan.


Ayol esa IIOga qo`ng`iroq qilib, yordam so`ragan. Voqea joyiga bir nechta profilaktika inspektorlari kelib, erkakning qo`lidagi pichoqni olib qo`yishga harakat qilayotganida erkak xodimlardan birining bel qismiga pichoq sanchib olgan. Xodim tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

"Hozir sog`ligim yaxshi, shifokorlar yordam ko`rsatdi", - deydi jarohatlangan xodim.

O’zbekiston bosh prokrori matbuot xizmati kotibi Hayot Shamsutdinovning yozishicha, Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanida IIB profilaktika inspektorining qonuniy talabiga rioya qilmasdan pichoq bilan tan jarohati etkazgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko`rsatish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. 


 

Gumonlanuvchi shaxs prosessual tartibda ushlangan.



Qashqadaryo, Qamashi, Proflaktika inspektori, pichoq
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing