10:15 / 14.02.2025
39 391

O'g'rilikka tushgan yigit uy egasini o'ldirdi UzNur.uz

O'g'rilikka tushgan yigit uy egasini o'ldirdi
U internet o`yinlarida qarz bo`lib, birovning uyiga o`g`irlikka tushgan. Sud unga jazo tayinladi.


 

Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona shahar sudi qasddan odam o`ldirish va bosqinchilik jinoyatlarini sodir etgan shaxsni 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qildi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar qildi. 
Ma’lum bo`lishicha, 1990 yilda tug`ilgan sudlanuvchi u ijtimoiy tarmoqdagi o`yin uchun yaqinlaridan qarz olib, pullarni o`z vaqtida qaytara olmaydi. Shu sababli, tanishlardan olgan qarzlarini qaytarish maqsadida o`ziga yaqin bo`lgan hududdagi xonadonga tunda o`g`irlikka tushadi.
Shu payt uyda uch nafar voyaga etmagan farzandlari bilan uxlab yotgan ayol uyg`onib ketadi. Sudlanuvchi o`zi bilan olib kelgan o`tkir tig`li jism bilan ayolning hayotiga nuqta qo`yadi. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etadi.
Sud hukmiga ko`ra, sudlanuvchi Jinoyat kodeksi"ning 97-moddasi 2-qismi "j" bandi va 164-moddasi 3-qismi "a" bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi 3-qismi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo`shish yo`li bilan 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


jinoyat, o'g'irlik, internet o'yinalri
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing