Toshkent metropolitenining yer usti halqa liniyasida 7 ta bekat vaqtincha yopiladi
2025-yil 28-iyundan boshlab Toshkent metropolitenining “Texnopark” va “Qipchoq” bekatlari oralig‘idagi yer usti halqa liniyasi uchastkasida navbatdagi profilaktika ishlari amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan “Quruvchilar” (12-chi bekat) va “Yangiobod” (6-chi bekat) orasida poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi.
Muqobil transport:
Profilaktika ishlari davomida yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Qipchoq” – “Yangiobod” – “Qipchoq” yo‘nalishi bo‘ylab katta sig‘imli avtobuslar bepul qatnovni amalga oshiradi. Ushbu avtobuslar har kuni soat 05:00 dan 23:00 gacha harakat qiladi.
Eslatib o‘tamiz:
Avvalroq, shu halqa liniyasida joylashgan “Turon” (13-chi) va “Qipchoq” (14-chi) bekatlari oralig‘idagi uchastka ham ta’mirlash ishlari sababli uch oyga yopilgan edi.
Shunday qilib, yer usti halqa liniyasining yettita bekati ayni paytda yo‘lovchilar uchun vaqtincha foydalanishdan chiqarilgan bo‘lib, bu transport oqimini muqobil yo‘nalishlar orqali tashkil qilishni taqozo etadi.




