10:53 / 27.05.2025
35 888

Namanganda 19 yoshli haydovchi YTH oqibatida avtomobili bilan birga yonib ketdi

 


 26-may kuni ijtimoiy tarmoqda "Namangan shahrida qattiq avtoavariya sodir boʻlib ichidagi odam yonib ketdi deyishmoqda!" nomli xabar tarqaldi. 


Kuni kecha, 25-may kuni soat 20:49larda Namangan shahar “Yangi asr” MFY hududidan oʻtgan 4R-112 avtomobil yoʻlining 87 km.da, Namangan shahar “Alpomish” MFY xonadonlarni birida yashagan , 2006-yilda tugʻilgan fuqaro Neksiya-3 rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, boshqaruvni yoʻqotib yoʻlning oʻng chetiga chiqib ketib, archa daraxtiga urilishi natijasida avtomashinada yongʻin boʻlayotganligi haqida xabar kelib tushgan. 


Xabarga asosan soat 21:03 da yongʻin qutqaruv ekipaji yetib borib, soat 21:05 da yongʻin qutqaruvchi va fuqarolar tomonidan bartaraf etilgan. 


Natijada, avtomashina toʻliq yonib zararlangan hamda haydovchi voqea joyida vafot etgan.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing