11:17 / 14.12.2024
143 392

Hazoraspdagi kiyim-kechak doʻkonlarida yongʻin sodir boʻldi

 

Hazoraspdagi kiyim-kechak doʻkonlarida yongʻin sodir boʻldi.

Yongʻin natijasida tan jarohati olgan va vafot etganlar yoʻq


14-dekabr kuni soat 03:03 da Xorazm viloyati, Hazorasp tumani, “Bogʻdor” MFY, E.Gayazov koʻchasida joylashgan yengil tipdagi konstruksiyadan yasalgan kiyim-kechak doʻkonlarida yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra, 13 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 03:07 da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin soat 03:50 da oʻrab olingan va soat 05:00 da bartaraf etildi.
Yongʻin natijasida tan jarohati olgan va vafot etganlar yoʻq.
Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Hazoraspdagi, kiyim, kechak, doʻkonlarida, yongʻin, sodir, boʻldi, UZNUR
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing