Surxondaryoda noma'lum shaxs tomonidan ayol va uning bolasi o'ldirildi UzNur.uz
Surxondaryoda noma'lum shaxs tomonidan ayol va uning bolasi o'ldirildi
Jasadlar yong‘in sodir bo‘lgan uyda topilgan.
Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida noma’lum shaxs ayol va uning o‘g‘lini o‘ldirdi, deb xabar berdi “Repost.uz” ga Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Aniqlanishicha, 15-fevral kuni soat 03:39 da Yangiyo‘l mahallasida yashovchi Sh. qo‘shnisi M.J.ning uyida yong‘in sodir bo‘lganligi haqida xabar bergan.
Voqea joyiga tezkor-tergov guruhi yetib kelgan. Mutaxassislar M.J va uning voyaga yetmagan o‘g‘li O.X.ning boshidan og‘ir jarohatlar borligi aniqlangan.
Ikki nafar voyaga etmagan bolalar M.X va Z.X.lar boshidan jarohat olib, shifoxonaga yetkazilgan. Ko‘rsatilgan yordamga qaramay, bir bola halok bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Surxondaryo, yong'in, ona va bola




