11:26 / 15.02.2025
37 783

Toshkentda voyaga yetmaganlar o`rtasida qotillik yuz berdi

Toshkent viloyati Toshkent tumanida 17 yoshli bola o‘zidan 1 yosh katta tanishini bolalar maydonchasida pichoqladi. Jabrlanuvchi tuman markaziy shifoxonasida vafot etdi.

 

2025-yil 12-fevral kuni soat taxminan 22:50 larda Toshkent tumanining “Ozodlik” mahallasida joylashgan bolalar maydonchasida 17 yoshli yigit tanishini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda “Gazeta.uz” so‘roviga ko‘ra Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2007-yil 18-iyunda tug‘ilgan A.S. spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda avvaldan nizoda bo‘lgan 2006-yil 9-mayda tug‘ilgan A.G. bilan janjallashgan. Mojaro chog‘ida u o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan A.G.ning qorin va tanasiga bir necha bor zarba bergan.

Oqibatda Gulmatov og‘ir tan jarohatlari olib, Toshkent tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay, u jonlantirish bo‘limida vafot etgan.


Hodisa yuzasidan tegishli tartibda tergov harakatlari boshlangan. Tuman prokuraturasi tomonidan A.S.ga nisbatan Jinoyat ning 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda u gumonlanuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, tegishli tartibida ushlandi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing