11:23 / 11.02.2025
44 578

Toshkentliklarni haqoratlagan surxondaryolik talaba qiz qamaldi UzNur.uz

Toshkentliklarni haqoratlagan surxondaryolik talaba qiz qamaldi 

Qiz ijtimoiy tarmoqqa behayo so`zlarni ishlatib, poytaxt aholisini haqorat qilgan videoni joylashtirgandi


 

Poytaxtning Yunusobod tumanidagi “Anorzor” mahalla fuqarolar yig`ini binosida videotasvirda toshkentliklarni haqoratlagan surxondaryolik 25 yoshli N.X.ga nisbatan ochiq sud majlisi bo`lib o`tdi. Bu haqda Oliy sud portalida sud hujjati keltirilgan.
Ma’lum qilinishicha, Yunusobod tumani "Bog`ishamol" mahallasida yashovchi va poytaxtdagi oliy o`quv yurtlaridan birida talaba bo`lgan N.X. 5 fevral kuni taksi chaqirgan. Taksi haydovchisi qizdan qaerdanligini so`rab, viloyatliklarni haqorat qilgan. Shundan so`ng, qiz haydovchining gaplaridan g`azablanib, toshkentliklar haqida haqoratomuz so`zlar ishlatib, video olgan va uni Инстаграмъga joylagan.
Sud jarayonida u videolarni 5 daqiqadan keyin o`chirib yuborgani, shuningdek, sog`lig`i tufayli 4 marotaba narkoz olgani, shuning uchun tezda jahli chiqib tinchlana olmasligini aytgan.
Sud N.X.ni MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan aybdor deb topib, unga nisbatan 10 sutkaga ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan.


surxondaryolik, talaba, toshkentliklarni haqoratlagan
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing