1-avgustdan boshlab talabalar yotoqxonalariga joylashish uchun ariza topshirish jarayoni boshlandi. Bu jarayon Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-sonli qaroriga asosan amalga oshirilmoqda.
Arizalar my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topshiriladi.
Kimlarga ustuvorlik beriladi?
Yotoqxonalarga birinchi navbatda imtiyoz va ustuvorlikka ega talabalar joylashtiriladi. Shundan keyin qolgan o‘rinlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
•1-kurs talabalariga — 55–65%
•2-kurs talabalariga — 15–20%
•3-kurs va undan yuqoridagilarga — 20–25%
Eslatma: Arizalar 1-avgustdan boshlab butun o‘quv yili davomida qabul qilinadi.
Yotoqxona masalasida vaqtni boy bermaslik uchun arizani imkon qadar erta topshirish tavsiya etiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

1-martdan pensiyalar proaktiv shaklda tayinlanadi

Endi milliy haydovchilik guvohnomalarini yagona darchadan olishingiz mumkin

O‘zbekistonda yangi oydan nimalar o‘zgaradi?

Toshkentda ayrim hududlarda issiq suv vaqtincha uziladi

10-iyuldan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlanadi