12:50 / 04.07.2025
49 201

10-iyuldan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlanadi

 


Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 10-iyuldan boshlab ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabul qilina boshlaydi.


 Ariza qabul qilish tartibi:

– Joriy yil uchun belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida ipoteka kreditlari bo‘yicha ajratilgan subsidiya xabarnomalarining foydalanilmagan qismiga qabul amalga oshiriladi.

– Arizalar 10-iyul kuni soat 09:00 dan boshlab Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilish yoki Yagona portal (my.gov.uz) orqali onlayn jo‘natish mumkin.


 Daromad talablari:

Arizalarni berishda talabgor va uning yaqin qarindoshlarining o‘rtacha daromadi quyidagi ko‘rsatkichlarga mos bo‘lishi kerak:

– Qoraqalpog‘iston va viloyatlarda — MHTEKMning 2,7 baravardan 8 baravargacha (3,118 mln so‘m — 9,24 mln so‘m);

– Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 baravardan 9,2 baravargacha (3,118 mln so‘m — 10,626 mln so‘m).


Ijtimoiy mezonlar:

– Subsidiya uchun ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar asosida kamida 30 ball to‘plashi lozim.

– Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar alohida tartib asosida baholanadi.


 Mulk huquqi bo‘yicha talablar:

– Arizachi yoki uning turmush o‘rtog‘ining nomida butun mamlakat bo‘ylab mulk huquqi asosida turar joy mavjud bo‘lmasligi kerak.


Subsidiya miqdori:

– Uy-joy sotib olishda ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich to‘lov va foizlarning bir qismini qoplash uchun budjetdan mablag‘ ajratiladi.

– Kredit foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshgan qismiga to‘lanadi.

– Birlamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich to‘lovni qoplashga 30 mln so‘m ajratiladi.

– 2023-yilgi dastur doirasida 30 ming nafar talabgorga subsidiya ajratish belgilangan.


Onlayn ariza topshirish:

– Yagona portal orqali onlayn ariza topshirishda hech qanday hujjat talab etilmaydi va arizachi haqidagi ma’lumotlar portalda avtomatik ravishda shakllanadi.

– Birinci qadamda ariza yuboruvchi tanlanadi, agar nomzod o‘z nomidan ariza topshirmoqchi bo‘lsa, “arizachining o‘zi” toifasini tanlashi kerak.



Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing