10:45 / 14.03.2025
76 459

Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan ona va uning to‘rt farzandi O‘zbekistonga qaytarildi


Saxa Respublikasida qiyin vaziyatga tushib qolgan oila O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi ko‘magida qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.


Oila Neryungri shahrida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini yo‘qotib qo‘ygani uchun turli muammolarga duch kelgan.


Diplomatik vakolatxona ayolga tegishli guvohnoma rasmiylashtirib bergan. Shuningdek, ular uchun aviachipta sotib olingan.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing