14:11 / 07.08.2025
5 786

Kerakmi shuncha xarajat?

 


Dunyoning super yulduzi Jennifer Lopez “Up All Night — Live in 2025” jahon gastroli doirasida Toshkentga yetib keldi. 

Albatta, bu kabi yirik madaniy tadbirlar mamlakat uchun imidj jihatidan muhim. Biroq, ijtimoiy tarmoqlarda bir savol ko‘tarilmoqda: bu shou bizga qancha tushyapti? Va bu pullar qayerdan olinmoqda?


Agar Toshkentdagi konsert Armanistondagi kabi byudjet asosida tashkil etilgan bo‘lsa, u holda chiqimlar taxminan quyidagicha bo‘lishi mumkin:

 2,5 million dollar – Jennifer Lopezning gonorari

 185 ming dollar – mehmonxona xarajatlari (uning jamoasi uchun)

 37 ming dollar – 2 kunlik maxsus parhez ovqatlar

 15 ming dollar – shou prodyuseri xizmatlari

 26 800 dollar – transport, kutib olish va boshqaruv xizmatlari


Endi umumiysini o'zingiz hisoblab ko'ravering.


Bu shunchaki mehmondo‘stlikmi yoki ortiqcha hashamat?


Milliy byudjet imkoniyatlari cheklangan bir paytda, aholining kundalik hayotida issiqlik tizimi, inflyatsiya, ishsizlik, sog‘liqni saqlashdagi muammolar kabi masalalar turgan bo‘lsa, bunday tadbirlarga millionlab mablag‘ ajratilishi jamoatchilikda turli fikrlarni keltirib chiqarmaydimi.


Savollar ko‘p, javob yo‘q:

 • Bu mablag‘lar davlat byudjeti hisobidanmi yoki sponsorlardanmi?

 • Nega bu haqida oshkora ma’lumot yo‘q?

 • Bu konsert turizm va investitsiya jalb qilishda qanchalik foyda keltiradi?


Shubhasiz, Jennifer Lopez kabi yulduzlarning kelishi mamlakat madaniy hayotini jonlantiradi, xalqaro e’tirofga xizmat qiladi. Ammo har bir shon-sharaf ortida to‘langan narx bor. Har bir so‘mning shaffofligi va foydaliligi birinchi o‘rinda turishi kerak.


Agar bu konsert davlat byudjetidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, unda bunday tadbirlar ijtimoiy mas’uliyat va hisobot bilan birga bo‘lishi shart. Jamoatchilik bu haqda bilishga haqli.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing