15:11 / 03.09.2025
32 653
O‘zbekiston davlat qarzi 43,4 mlrd dollarga yetdi
Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil holatiga mamlakatning davlat qarzi 43,4 milliard dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich yalpi ichki mahsulotga nisbatan 34,2 foiz bo‘lib, belgilangan maksimal chegaradan (60%) past darajada qolmoqda.
Qarzdorlikning asosiy qismi tashqi qarz hisoblanib, u 36,4 milliard dollar, ichki qarz esa 7 milliard dollarni tashkil qilmoqda.
Hisobot davrida yil boshidan buyon davlat qarzi 3,2 milliard dollarga oshgan. Yillik hisobda esa ko‘rsatkich 6,1 milliard dollarga ko‘paygan.
Mutaxassislar qarzning o‘sishini davlat tomonidan amalga oshirilayotgan yirik infratuzilma, energetika va transport loyihalari uchun jalb qilinayotgan mablag‘lar bilan izohlamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

Muhokama va savollarsiz. Deputatlar davlat organlari xarajatlarini deyarli 10 trln so‘mga ko‘paytirishni ma’qulladilar

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar aylanmasi birinchi marta $10 mlrddan oshdi

O‘zbekistonning tashqi qarzi 68,4 milliard dollarga yetdi

O‘zbekistonning tashqi qarzi 68,4 milliard dollarga yetdi

Markaziy bank asosiy stavkani 13,5 foiz miqdorida o‘zgarishsiz qoldirdi