11:43 / 06.08.2025
1 440

Toshkentda uy-joy va yer narxlari pasayishda davom etmoqda – Markaziy bank hisobotı

 


II chorak yakunlariga ko‘ra, ko‘chmas mulk bozoridagi faollik yuqoriligicha qoldi. Ushbu davrda ko‘chmas mulk bozorida tuzilgan bitimlar soni 88,1 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,9 foizga oshgan. Birinchi yarim yillikda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bilan bog‘liq shartnomalar soni ham o‘sishda davom etib, 148,4 mingtani tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 12,1 foizga ko‘pdir, deyiladi Markaziy bank hisobotida.


II chorakda narxlar dinamikasi barqaror saqlanib qoldi. Talab yuqori bo‘lishiga qaramay, taklif yetarli bo‘lib qolmoqda, bu esa narxlarning tez o‘sishiga to‘siq bo‘lmoqda.


Narxlar darajasi yuqori bo‘lgan Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand va Navoiy viloyatlarida o‘sish deyarli o‘zgarmadi yoki sekinlashdi. Masalan, poytaxtda ikkilamchi bozordagi narxlar oy davomida 1 kvadrat metr uchun 15,28 mln so‘mdan 14,9 mln so‘mga, Toshkent viloyatida 8,33 mln so‘mdan 8,21 mln so‘mga tushdi.


Toshkentda ijara to‘lovlarining pasayishi davom etmoqda – iyun oyida pasayish yillik hisobda 6,1 foizni tashkil etdi. Toshkent shahridagi yer uchastkalari segmentida iyun oyi yakunlariga ko‘ra 100 kvadrat metr (1 sotix) yerning qiymati 334 mln so‘mni tashkil etdi, bu 2024 yildagi qiymatlardan 2,5 foizga past.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing