Netanyaxu Isroil istalgan vaqtda G`azoda jangovar harakatlarni qayta boshlashi mumkinligini aytdi UzNur.uz
Netanyaxu Isroil istalgan vaqtda G`azoda jangovar harakatlarni qayta boshlashi mumkinligini aytdi
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu barcha garovga olinganlarni qaytarish vazifasi bajarilishiga va’da berdi Isroil armiyasi G`azo sektorida har qanday vaqtda shiddatli jangovar harakatlarni qayta boshlashga tayyor, tezkor rejalar allaqachon ishlab chiqilgan. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ma’lum qildi, Bu deya xabar bermoqda TASS.
Ofiserlik kurslari bitiruvchilari oldida nutq so`zlar ekan, Netanyaxu operasiyaning asosiy vazifalari avvalgidek qolishini ta’kidladi.
"Barcha garovga olinganlarni qaytarish va HAMASni to`liq tor-mor qilish, g`alabaga muzokaralar yo`li bilan ham, boshqa yo`llar bilan ham erishish mumkin. Biz har qanday vaqtda shiddatli jangovar harakatlarga qaytishga tayyormiz. Operativ rejalar allaqachon ishlab chiqilgan," - dedi Netanyaxu.
Binyamin Netanyaxu harbiy va siyosiy bosimning kombinasiyasi o`g`irlanganlarning ozod qilinishiga olib kelishiga ishonch bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Isroil harbiylarining harakatlari, shuningdek, AQSh prezidenti Donald Trampning qo`llab-quvvatlashi yaqinda garovga olinganlarning ozod qilinishiga yordam bergan. Bosh vazir barcha garovga olinganlarni qaytarish vazifasi bajarilishiga va’da berdi.
Bundan tashqari, Netanyaxu Amerika etakchisining barcha falastinliklarni G`azodan chiqarib yuborish taklifini ijobiy baholab, Trampning G`azo aholisiga mintaqani tark etish va yangi G`azo tuzish imkoniyatini berish rejasini qo`llab-quvvatlashini ta’kidladi.
Isroil, G'azo, qayta bostirib kirish, Netanyaxu




