13:00 / 21.01.2025
163 523

Xamas garovga olinganlarning ikkinchi guruhini qachon ozod qilishi ma'lum bo'ldi

  

Xamas garovga olinganlarning ikkinchi guruhini qachon ozod qilishi ma'lum bo'ldi.

Harakat vakillari ozod qilishni rejalashtirayotgan garovga olinganlar soniga aniqlik kiritmadi.


Shanba (25-yanvar) kuni Hamas falastinlik mahbuslarni qamoqdan ozod qilish evaziga G‘azoda garovga olinganlarning ikkinchi guruhini ozod qiladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Harakat vakillari ozod qilishni rejalashtirayotgan garovga olinganlar soniga aniqlik kiritmadi.

Avvalroq XAMAS G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi doirasida shanba kunlari ozod qilmoqchi bo‘lgan garovga olinganlar ro‘yxatini juma kunlari vositachilarga topshirishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgan edi.

Isroil va Falastin harakati o‘rtasidagi sulh yakshanba kuni kuchga kirdi. Bir kun avval Isroilning uch fuqarosi o‘z vatanlariga qaytarildi: Romi Gonen, Emili Damari va Doron Shtaynbrexer.

20-yanvarga o‘tar kechasi Isroil hukumati 90 nafar falastinlik ayol va voyaga yetmaganlarni qamoqdan ozod qildi.


garovga, olinganlar, olinganlarning, ikkinchi, guruhini, Harakat, vakillari, qilishni, rejalashtirayotgan, soniga, aniqlik, kiritmadi, falastinlik, qamoqdan, kunlari, bo‘lgan, Isroil, Xamas, qachon
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing