14:36 / 09.01.2025
99 465

AQShdagi o'rmon yong'inlari sababli Gollivud yaqinidagi aholi evakuatsiya qilinadi

 
AQShdagi o'rmon yong'inlari sababli Gollivud yaqinidagi aholi evakuatsiya qilinadi.

Los-Anjeles o't o'chirish boshqarmasi Gollivud yaqinidagi hududlar aholisini evakuatsiya qilish to'g'risida buyruq chiqardi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
100 mingdan ortiq odam uyini tashlab ketishga majbur.
Evakuatsiya qilinadigan hududlarda Gollivud shon-shuhrat xiyoboni va 3-mart kuni “Oskar” mukofotini topshirish marosimi bo'lib o'tadigan “Dolbi” teatri joylashgan. Mukofotga nomzodlarni e'lon qilish yong'in sababli ikki kunga qoldirildi, deya ta'kidlaydi agentlik.
The Washington Post gazetasining yozishicha, yong'in qurbonlari soni besh nafarga yetgan. Pasifik Palisades turar-joy hududidagi yong'in 63,9 kvadrat kilometrga tarqaldi. Yong'in tarqalayotgan yana to'rtta joy ma'lum, deb xabar beradi report.az.

 

Gollivud, yong'in, sababli, yaqinidagi, evakuatsiya, qilish, xabar, AQShdagi, o'rmon, yong'inlari, aholi, qilinadi, LosAnjeles, o'chirish, boshqarmasi, hududlar, aholisini, to'g'risida, buyruq
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing