13:06 / 07.12.2024
155 367

Suriyadagi janglar tufayli kamida 370 ming kishi uyini tashlab ketgan

 

Suriyadagi janglar tufayli kamida 370 ming kishi uyini tashlab ketgan.

Suriyadagi janglar tufayli kamida 370 ming kishi uyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi, deya xabar beradi DW.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi vakili Stefan Dyujarrikning soʻzlariga koʻra, ularning aksariyati ayollar va bolalardir.

Noyabr oyi oxirida “Hayat Tahrir ash-Sham” radikal guruhi va uning ittifoqchilari hukumat qo‘shinlari nazorati ostidagi aholi punktlariga hujum boshladi. 

Maʼlumotlarga koʻra, ular Halab, Xamani egallab, Xomsga yaqinlashmoqda. Suriya prezidenti Bashar al-Assad isyonchilarning oldinga siljishiga javoban qarshi hujum boshlanganini e'lon qildi.

Bugun (7-dekabr) Xoms shahri yaqinida Suriya armiyasi bo‘linmalari va terrorchilik guruhlari jangarilari o‘rtasida to‘qnashuvlar qayta boshlandi. Butun kontakt chizig‘i bo‘ylab qishloq hududlarida janglar ketmoqda. Hukumat kuchlari dushman pozitsiyalariga intensiv artilleriya zarbalari bermoqda.

To‘qnashuvlar fonida Eron o‘z diplomatlari va harbiy maslahatchilarining bir qismini Suriyadan evakuatsiya qila boshladi. Misr va Iordaniya rasmiylari Suriya prezidentini mamlakatni tark etib, surgunda hukumat tuzishga chaqirdi.


Suriya, janglar, hujim, Birlashgan, Millatlar, 2024, 2024 yil
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing