15:26 / 18.11.2024
186 826

Hindiston o‘zining ilk gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli uchirganini e’lon qildi

 

Hindiston o‘zining ilk gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli uchirganini e’lon qildi.

 Hindiston o‘zining birinchi gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. «Bu bizni ilg‘or harbiy texnologiyalarga ega davlatlar guruhiga olib chiqdi», — dedi mamlakat mudofaa vaziri. So‘nggi yillarda Nyu-Dehli mudofaa sohasini AQSH, Yaponiya va Avstraliya bilan ittifoqchilikda mustahkamlamoqda.

Hindiston o‘zining birinchi gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Bloomberg.

Mudofaa tadqiqotlari va ishlanmalari tashkiloti (DRDO) 16 noyabr kuni kechqurun Odisha shtati qirg‘oqlari yaqinida raketa sinovlarini o‘tkazgan.

Hindiston hukumati tomonidan e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, raketa masofasi 1500 kilometrni tashkil qiladi.


Hindiston, raketa, 2024, 2024 yil
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing