Luvr muzeyini bir tashrifda to’liq aylanib bo’lmaydimi?
Luvr muzeyini bir tashrifda to’liq aylanib bo’lmaydimi?
Luvr muzeyi Fransiyada joylashgan bo’lib, 1792-yilda shoh saroyi sifatida o’ylab topilgan.
Muzey sifatida o’z faoliyatini 1973-yildan boshlagan.
Fransuz tildan tarjima qilinganda “Luvr” – “Bo’ri o’rmoni” ma’nosini anglatadi. Buning sababi shundaki, ushbu inshoot ovlanadigan joylarda qurilgan,
Muzeyga kirish joyi bo’lgan mashhur shish Misr ehromlaridan Xeops piramidasining prototipidir.
Luvr fondini sobiq qirollik to’plami, shuningdek, monastr, cherkov va aslzoda oilalarning musodara qilingan to’plamlari tashkil qilgan. Yillar o’tgani sari Napoleon yurishda yurishlarida qo’la kiritilgan, turli davrlarda sotib olingan, ko’plab hadya qilingan san’at asarlari bilan boyib bordi. Muzey 6 bo’limdan iborat: tasviriy va amaliy san’at, haykaltaroshlik ( o’rta asrlar, Uyg’onish davri va undan keying davr) , Yunon va Rim yodgorliklari, qadimiy Sharq yodgorliklariva qadimiy Misr yodgorliklari. Bundan Sharq yodgorliklari boy va rang-barangligi bilan ajralib turadi. Yaqinda muzeyda O’zbekiston uchun alohida bo’lim ochildi.
Luvr sayyoradagi eng katta muzey bo’lib, 160 m2 maydonni egallaydi. u shunchalik ulkanki, uning barcha eksponatlarini bitta tashrif bilan ko’rishning iloji yo’q.
Yana bir qiziq fakt shundaki, muzey devorlarida 300 mingtagacha eksponatlar saqlanmoqda, ammo ularning atigi 35 mingtasi zallarda namoyish etilgan,
Muzeydagi eng mashur eksponat bu “La Giconda” (“Mona Liza” ) portreti hisoblanadi. E’tiborlisi, 1911-yilgacha, portret umuman mashhur bo’lmagan. Ammo shu yili muzey qorovuli portretni o’g’irlagandan so’ng portretga keng jamoatchilik diqqati qaratiladi Portret 3 yildan keyin o’z joyiga qaytariladi.
Luvr zonasi juda katta bo’lganligi sababli ko’plab mehmonlar undan chiqish yo’lini topa olmaydilar yoki kerakli zalga bora olmaydilar. Shu sababdan yaqinda odamlarga bino bo’ylab harakatlanishga yordam beradigan smartfon ilovasi joriy qilindi.
Farmonova Mehrinoza
bilan, yodgorliklari, muzey, bo’lib, sifatida, Muzey, shundaki, mashhur, qilingan, ko’plab, san’at, undan, qadimiy, Sharq, katta, olmaydilar, muzeyini, tashrifda, to’liq




