Ulug‘bek Rashitov ikki yilga musobaqalardan chetlashtirildi
Xalqaro doping-test agentligi (ITA) ma’lum qilishicha, O‘zbekistonlik taekvondochi, ikki karra Olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashitov antidoping qoidalarini buzgani uchun ikki yilga musobaqalardan chetlashtirildi.
Qoidabuzarlik tafsilotlari:
– ITA bayonotida aytilishicha, sportchi so‘nggi bir yil davomida uch marta o‘z joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish qoidalarini buzgan.
– Bu holat antidoping qonunchiligini (ADRV) buzish sifatida baholandi.
– Rashitov qoidabuzarlikni tan olgan va ITA taklif etgan jazo choralariga rozi bo‘lgan.
– Sportchining musobaqalardan chetlashtirish muddati 2025-yil 13-maydan boshlanib, 2027-yil 12-maygacha davom etadi.
– Qoidabuzarlik sodir etilgan sanadan (2025-yil 3-fevral) boshlab, chetlashtirish davri boshlanguniga qadar sportchi erishgan barcha yakka tartibdagi musobaqa natijalari bekor qilinadi.




