Toshkentda 2025-yilgi Sport (Artistik) Gimnastika bo‘yicha Jahon Chellenj Kubogi yakunlandi
Toshkentda 18-21 iyun kunlari 2025-yilgi Sport (Artistik) Gimnastika bo‘yicha Jahon Chellenj Kubogi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 14 mamlakatdan 60 nafar sportchi ishtirok etib, g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Sovrindorlar:
– 21-iyun kuni sportchilarimiz 2 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
– 50 yoshli Oksana Chusovitina tayanib sakrash dasturida kumush medal bilan taqdirlandi.
Final bahslari:
– Sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon Chellenj Kubogi musobaqasi muvaffaqiyatli yakunlandi.
– O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ikkinchi kunning final bahslarida 2 ta oltin va 1 ta kumush medallarni qo‘lga kiritishdi.
Umumiy hisobda:
O‘zbekiston sportchilari musobaqani 9 ta medal bilan yakunladi, shu jumladan 4 ta oltin va 4 ta kumush, shuningdek 1 ta bronza medali qo‘lga kiritildi.
🏆 Medallar:
🥇Oltin medal:
– Ahrorxon Temirxonov (parallel brus)
– Abdulaziz Mirvaliyev (tayanib sakrash)
– Abdulaziz Mirvaliyev (erkin mashq)
– Ahrorxon Temirxonov (halqa)
🥈Kumush medal:
– Odinaxon Robijonova (to‘sin)
– Oksana Chusovitina (tayanib sakrash)
– Ravshan Komiljonov (Ot ustida mashq)
– Humoyun Islomov (erkin mashq)
🥉Bronza medal:
– Shahinabonu Yusufova (tayanib sakrash)




