14:47 / 27.11.2024
171 522

Andijonda 300 metrli osma ko‘prik qurilmoqda

Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani tog‘larida 45 metr balandlikda uzunligi 300 metr bo‘lgan osma ko‘prik qurilmoqda. U turistik maskanga tegishli bo‘lib, tez orada foydalanishga topshiriladi. Ko‘prik bitgach, undan bir vaqtning o‘zida 40 nafar sayohatchi foydalanishi mumkin.

 Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani tog‘larida 45 metr balandlikda osma ko‘prik qurilmoqda. Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu prezidentning turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha bergan topshirig‘i doirasida bajarilmoqda.
Ko‘prikning uzunligi 300 metr. Uning qurilishi tez orada yakunlanib, foydalanishga topshirilishi kutilmoqda, deyiladi xabarda.
Ko‘prik turistik maskanlardan biriga tegishli bo‘lib, «Orzu» deb nomlanadi, undan bir vaqtning o‘zida jami 40 nafar sayohatchi foydalanishi mumkin.
Viloyat hokimligi Xo‘jaobodda bu kabi yangi tashabbuslarni amalga oshirish harakatlari davom etishini ma’lum qildi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing