15:41 / 18.11.2024
186 212

Toshkent — Buxoro yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi

 

Toshkent — Buxoro yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi.


Toshkent — Buxoro yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Dizel poyezdi sinov jarayoni yakunlangach, Konstitutsiya kuni arafasida yo‘lovchilarga foydalanishga topshiriladi. Kompaniya 2025−2026 yillarda vagon parki yana 70 ta yangisi bilan to‘ldirilishini qo‘shimcha qildi.
  
Konstitutsiyamizning 33 yilligi munosabati bilan Toshkent — Buxoro — Toshkent yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar bermoqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» kompaniyasi matbuot xizmati.

«Yo‘lovchilarimiz vagonlar eskirgan, ko‘pi 80-yillarda ishlab chiqarilgan, bizga to‘g‘ri kelmayapti, deb arz qilishayotgandi. Shuning uchun, bosqichma-bosqich hamma vagonlarni yangisiga almashtirishni boshlaymiz. Prezidentimiz yaqinda 70 ta vagon uchun pul ajratib bergan. Ularni ham 2025−2026 yillarda „Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi“ qurib beradi», — deya qo‘shimcha qildi «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» kompaniyasi bosh muhandisi.


Toshkent, Buxoro, 2024, 2024 yil, poyezd
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing