14:40 / 27.02.2025
17 601

Diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi tasdiqlandi

“Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi.


Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi tasdiqlandi.

Konsepsiya vijdon erkinligiga boʻlgan huquqni va Oʻzbekiston Respublikasi dunyoviy davlat ekanligiga oid konstitutsiyaviy qoidalarni roʻyobga chiqarish hamda diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi, vazifalari, prinsiplarini va ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi.

Konsepsiya davlatchiligimiz rivojining boy milliy-tarixiy tajribasiga va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda ishlab chiqilgan boʻlib, koʻpmillatli va koʻp-konfessiyali Oʻzbekistonda umumjamiyat manfaatlarini roʻyobga chiqarish, demokratiya, dunyoviylik, erkinlik, tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik asosida oʻzaro totuvlikda yashash hamda izchil taraqqiy etish uchun zarur barqaror muhitni taʼminlashga qaratilgan.

Oʻzbekistonda diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi fuqarolarning vijdon erkinligiga boʻlgan huquqlarini amalga oshirish uchun teng shart-sharoitlar yaratishdan, turli dinlarga mansub diniy tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro murosa va hurmat oʻrnatilishiga koʻmaklashishdan, konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlashdan, jamiyatda diniy bagʻrikenglikni va dunyoviylikni taʼminlashdan iborat.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing