15:09 / 20.02.2025
29 609

Senat diniy sohadagi davlat konsepsiyasini ma'qulladi

Senat diniy sohadagi davlat konsepsiyasini ma'qulladi



20 fevral kuni Senatning to`rtinchi yalpi majlisida «O`zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida»gi qonun ko`rib chiqildi. Senatorlar bir ovozdan ushbu qonunni ma’qulladi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu hujjat bilan belgilanayotgan asosiy vazifalarning bajarilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish maqsadida parlament komissiyasi tashkil etilishi nazarda tutilmoqda.

Konsepsiya vijdon erkinligi huquqini va O`zbekiston Respublikasi dunyoviy davlat ekanligiga oid konstitusiyaviy qoidalarni ro`yobga chiqarish hamda diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi, vazifalari, prinsiplarini va ustuvor yo`nalishlarini belgilaydi.

Hujjat prezident tomonidan rasman imzolangandan so`ng kuchga kiradi. 


Senat, diniy konsepsiya, siyosat
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing