«Ezgulik» inson huquqlari jamiyati «Ozodlik, tenglik, birodarlik» xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi.
«Ezgulik» inson huquqlari jamiyati «Ozodlik, tenglik, birodarlik» xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi.
O‘zbekistonning «Ezgulik» inson huquqlari jamiyati Fransiya «Ozodlik, tenglik, birodarlik» xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi. Mukofot 10-dekabr kuni Fransiya bosh vaziri tomonidan jamiyat rahbari Abdurahmon Tashanovga topshiriladi.
O‘zbekiston inson huquqlari «Ezgulik» jamiyati Fransiya Respublikasining «Ozodlik, tenglik, birodarlik» xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda 4-dekabr kuni Fransiya Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha Milliy maslahat komissiyasi xabar berdi.
«G‘olib loyiha Rossiyada istiqomat qilayotgan o‘zbekistonlik ishchilar va mahbuslarning Rossiya armiyasiga majburiy safarbar etilishi to‘g‘risida O‘zbekiston fuqarolarini xabardor qilishga qaratilgan», — deyiladi komissiya xabarida.
Fransiya Respublikasining Inson huquqlari bo‘yicha «Ozodlik, tenglik, birodarlik» mukofoti 1988-yilda CNCDH tashabbusi bilan yaratilgan. Ushbu mukofotning maqsadi butun dunyoda inson huquqlarini ilgari surish va himoya qilishda fuqarolik jamiyatining asosiy rolini tan olishdir.
Mazkur mukofot dunyoning 5 nafar fuqarolik jamiyati tashkilotiga beriladi. Bu galgi g‘oliblar orasida «Ezgulik» bilan birga Kamerundagi Mandela markazi, Gaitidagi Citizens tashkiloti, Kolumbiyaning Ludirlena PÉREZ CARVAJAL tashkiloti va Suriyadagi Caesar tashkilotlari bor.
Taqdimot marosimi shu yilning 10-dekabr — Inson huquqlari kunida Parijda o‘tkaziladi. Mukofot Fransiya Respublikasi bosh vaziri tomonidan «Ezgulik» jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanovga topshiriladi.
O'zbekiston, yangiliklar, 2024, 2024 yil, Fransiya, 10 dekabr, Abdurahmon Tashanov, xabarlar




