19:22 / 07.12.2024
154 948

Bosh Qomusimiz fuqarolarning ekologik huquqlari mustahkamlanishiga xizmat qiladi

 

Bosh Qomusimiz fuqarolarning ekologik huquqlari mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi hamda 10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi. 

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda tashkil qilingan tadbirda Ekologiya vaziri oʻrinbosari Jusipbek Kazbekov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, soha vakillari, vazirlik markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi. 
Tadbir avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.

Shundan soʻng tadbirni ochib bergan Jusipbek Kazbekov vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantiruvchi davlat ramzlari hamda Bosh qomusimizning xalqchilligi haqida soʻz yuritdi. Shuningdek, yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jamiyatimizning kelgusidagi rivoji va ravnaqining ustuvor yoʻnalishlarini belgilab bergani bilan ahamiyatli ekanligi taʼkidlandi.
Qolaversa, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi ekologik partiya fraksiyasi aʼzolari Navroʻzbek Yusupov va Baxtiyor Poʻlatov tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilishning konstitutsiyaviy asoslari, davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini taʼminlashi, atrof-muhitga zararli taʼsir koʻrsatilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishiga doir konstitutsiyaviy normaning belgilanishi bugungi kun davr talabi ekanligi qayd etildi. 
Tadbir davomida xodimlarning yangi tahrirdagi Konstitutsiya boʻyicha savodxonligini oshirishga qaratilgan videoroliklar namoyish etildi. 
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasida boy oʻtmishimiz, milliy anʼana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuygʻular tarannum etilganligi ta’kidlandi.
Maʼlumot uchun, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada tegishli moddalar orqali har kim qulay atrof-muhitga, uning holati toʻgʻrisidagi ishonchli axborotga ega boʻlish huquqiga egaligi, fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga majburligi, davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini taʼminlash va atrof-muhitga zararli taʼsir koʻrsatilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishi belgilab berilgan.




davlat, 2024, 2024 yil, O'zbekiston, ekologiya, xabarlar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing